Indoneziyada tirbandliklarga qarshi yangi tizim joriy qilinadi

Jahon 11:33 / 27.08.2016 7862

30 avgustdan e'tiboran, Indoneziya poytaxti Jakartaning markaziy ko‘chalarida harakatlanish uchun transport vositalari raqamlarining juft-toq tizimi joriy etiladi. Bu haqda, Jakarta transport boshqarmasi rahbari Andri Yanshax ma'lum qilgan

"Yangi tizimni dastlabki baholash ishlari muvaffaqiyatli o‘tdi, deya olamiz. Yo‘lda harakatlanish vaqti qisqardi", — deya Andri so‘zlarini keltiradi Jakarta Globe nashri.

Yangi tizimga muvofiq, avtomobillar davlat raqamiga ko‘ra, shahar markaziga  oyning toq yoki juft sanalarida kira olishadi. Qoidabuzarlarga ikki oylik qamoq jazosi yoxud yarim million Indoyeziya rupiysi (38 dollar atrofida) jarima tayinlanishi mumkin. 

Shahar gubernatori so‘zlariga ko‘ra, yangi tizim vaqtinchalik chora bo‘lib, kelgusida Jakartaning asosiy magistral yo‘llarida harakatlanish uchun elektron to‘lov tizimlari ishga tushiriladi. 

Qayd etish joizki, rasmiy ma'lumotlarga binoan, 12 mln, norasman 25 mln kishi istiqomat qiladigan megapolis, butun dunyo bo‘ylab o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra "transport vositalari harakatlanishi uchun eng noqulay shahar" deya tan olingan.

Ko‘proq yangiliklar: