Xosep Gvardiola: Ilk safar hayajonli, keyingilari unchalik emas

Sport 14:02 / 27.08.2016 8464

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘zining sobiq jamoasi  «Barselona» bilan Yevropa Chempionlar Ligasida to‘qnash kelishi borasida fikrlarini bildirdi. 

«Barselonaga qaytish men uchun o‘ziga xos voqelik bo‘lishini inkor etolmayman. Men shu shaharda voyaga yetdim, futbolchi bo‘ldim, umrimning katta qismini u yerda o‘tkazdim. Ko‘pchilikni shaxsan taniyman, – futbolchilar, jamoa xodimlari, muxlislar va jurnalistlar.

Umuman, men bu jarayonni «Bavariya» bilan birga bosib o‘tdim. Birinchi gal hislarga to‘lsangiz, keyingilarini normal qabul qilasiz. Guruhdan chiqishimiz uchun yaxshi o‘yin namoyish etishimiz kerak. 

«Barselona» va «Borussiya» Menxengladbaxni yaxshi bilaman. Shu bilan birga, «Seltik»ni hurmat qilaman, ularning barchasi Yevropa darajasidagi jamoalar», – degan  Gvardiola.
 

Ko‘proq yangiliklar: