"Borussiya D" Obameyangning dubli evaziga mavsumni g‘alaba bilan boshladi

Light 20:49 / 27.08.2016 7398

Germaniya Bundesligasining dastlabki tur uchrashuvlari davom etmoqda. Dortmundning "Borussiya" jamoasi o‘z maydonida "Maynts"ga qarshi to‘p surdi. Bu o‘yinda mezbonlar safida Per-Emerik Obameyang ikki marotaba gol kiritib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. Bahs yakuniga yetib qolgan vaqtda esa Muto dortmundliklar darvozasini ishg‘ol qildi. Yakunda 2:1 hisobida "Borussiya D" g‘alaba qozondi. 

"Ayntraxt" esa kutilmaganda "Shalke"ni 1:0 hisobida mag‘lub qilib, tur sensatsiyasini qayd etdi. 

"Borussiya D" - "Maynts" - 2:1
Gollar:
1:0 – 17 Obameyang, 2:0 – 89, penalti Obameyang, 2:1 – 90 Muto.
Ogohlantirishlar: Brosinski (13), Serdar (44), Onisivo (88).

 

"Ayntraxt F" – "Shalke-04" - 1:0
Gol:
1:0 – 13 Mayyer.
Ogohlantirishlar: Kaysara (67), Varela (87), Maskarel (88), Gays (89).
Chetlatish: Xektor (79).

Ko‘proq yangiliklar: