Amerikada avtomobil dileri avtoturargohida noyob o‘g‘rilik sodir etildi

Jamiyat 10:53 / 27.08.2016 17132

AQShning Texas shtati Tayler shahrida noma'lum kimsalar, umumiy qiymati 200 ming dollarga baholangan o‘g‘rilikni sodir etishdi. Gap shundaki, ular Peltier Chevrolet dilerlik markazi avtoturargohidagi 48ta yangi avtomobillarning g‘ildiraklarini o‘g‘irlab ketishgan, deb xabar qilmoqda Automotive News nashri.

Videokuzatuv kameralari qayd etgan yozuvlarga muvofiq, tungi soat birlarda sotilmagan avtomashinalar turgan maydon darvozasi yaqiniga furgon kelgan. Noma'lum kimsalar qulfni kesib, katta yoritish chirog‘ini sindirishgan. Shu sabab, jinoyatni sodir etishda necha kishi ishtirok etganini politsiya xodimlari taxmin qila olmayapti. 

O‘g‘rilar 48ta mashina balonlarini yechib olishga «4 soatga yaqin vaqt» sarflashgan. Ayrim mashinalarni g‘isht ko‘tarib turgan bo‘lsa, boshqalari shundoq yerda qoldirilgan. O‘g‘irlangan g‘ildiraklarning barchasi 20-22 dyuymli balonlar bo‘lgan.

Avtosalon vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ular xavfsizlik tekshiruvlarini o‘tkazishadi. Bundan tashqari, dilerlik Markazi sug‘urta kompaniyasi bilan bog‘langan, biroq, yetkazilgan zararning aniq qiymati ma'lum qilinmayapti.

Ko‘proq yangiliklar: