27 avgust Italiyada motam kuni deya e'lon qilindi

Jahon 07:51 / 27.08.2016 6282

Italiyada 27 avgust mamlakat markazida chorshanba kuni ro‘y bergan va 278 kishining hayotiga zomin bo‘lgan vayronkor zilzila sabab motam e'lon qilindi.

Motam munosabati bilan Italiya hududidagi barcha hukumat binolaridagi davlat bayrog‘i tushiriladi.

Eslatib o‘tamiz, 24 avgust kuni Italiya markazida 6,0 magnito‘dali zilzila ro‘y berdi. Yer osti silkinishlari mamlakatning ko‘plab shaharlari, jumladan, Rim, Florentsiya va Boloniyada ham kuzatildi. Vayronkorlik holati uchta viloyatda — Latsio, Umbriya va Markada qayd etildi. Tabiiy ofat natijasida Latsioda 229 kishi (Amatriche va Akkumoli shaharlarida), Markda — 49 (Arkuata-del-Tronto va Peskara-del-Tronto shaharlarida) qurbon bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: