Señor&Señorita do‘konidagi aksiyalar haqida barcha haqiqatlar

Light 12:07 / 26.08.2016 18973

Señor&Señorita do‘konida mahsulot qiymatining 50 foizini qanday qilib qaytarib olish mumkin? Bu haqida batafsil maqolamizda bilib olishingiz mumkin. 

2016 yilning 5 avgustida Señor&Señorita do‘koni tomonidan tashkil etilgan “O‘z sayohatingizni tanlang!” aksiyasi ishtirokchilari sovg‘alar o‘ynalish jarayonini hayajon bilan kuzatishdi. Do‘konga tashrif buyurgan har bir mehmon, ayniqsa tanlovning haqqoniyligiga ishonmaganlar qimmatbaho sovg‘alarning omadli egalarini aniqlash marosimi qanchalik adolatli o‘tganiga ishonch hosil qilishdi. 
 
100 nafardan ortiq g‘oliblar komissiya a'zolari, mehmonlar va aksiya ishtirokchilari yordamida aniqlandi. Istagan shaxs yig‘ilganlarning ko‘z o‘ngida lototrondan g‘olib nomi yozilgan chiptani navbatma-navbat tortish huquqiga ega bo‘ldi. Asosiy sovg‘alar – Tailand, Malayziya va Turkiyaga ikki kishiga mo‘ljallangan yo‘llanmalarning  5 nafar egasini esa O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan aktrisa Saida Rametova tanlab berdilar.   Tadbir mehmonlari poytaxtning eng yaxshi  layv-bendlaridan biri “Ko‘k Choy” guruhining ajoyib ijrosidan bahramand bo‘lishdi. 

 

 

Señor&Señorita do‘konining tuhfalari shu bilan cheklanib qolmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yillik bayrami munosabati bilan 2016 yilning 5 avgustidan do‘kon mahsulot qiymatining yarmini hadya vaucheri ko‘rinishida qaytaradi. Qanday qilib deysizmi? Masalan, siz 500 000 so‘mlik tovar xarid qilasiz va sizga boshqa turdagi mahsulotlarni sotib olishingiz uchun 250 000 so‘mlik vaucher taqdim qilinadi. Tasavvur qilib ko‘ring-a, naqadar hamyonbop! Tasavvur qildingizmi? Endi esa darhol Señor&Señorita do‘koniga shoshiling, chunki aksiya tugashiga juda kam vaqt qoldi. Ha, aytgancha - dugonalaringizni chaqirishni unutmang! Zero bu do‘konda haqiqatdan ham hamyonbop xaridlarni amalga oshirasiz. 

 “Biz sizga xaridning 50 foiz qiymatini qaytarib beramiz!”aksiyasida 100dan ortiq mahsulot turlari ishtirok etmoqda. Ularni sotib olar ekansiz, sovg‘a sifatida Señor&Señorita do‘konida 1000 xil tovar xaridida foydalanish mumkin bo‘lgan vaucherni qo‘lga kiritasiz.

Do‘kondagi maslahatchilarimiz qaysi tovarlarni xarid qilganingizda hadya vaucheriga ega bo‘lishingiz mumkinligi haqida bajonidil ma'lumot berishadi. Haqiqiy foydali xaridlar Señor&Señorita do‘konida! Ishonmaysizmi? Unda do‘konga kelib, bunga o‘zingiz ishonch hosil qiling!

Aktsiya tafsilotlari bilan Señor&Señorita do‘konining Facebook’dagi rasmiy sahifasida tanishing yoki +998 71 202 77 00 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib,bilib oling. Shu bilan birga  Señor&Señorita ayollar jurnalida mashhur insonlar hayoti haqida qiziq ma'lumotlarni o‘qishingiz, qiziqarli testlardan o‘tishingiz, yaqinlaringizni yangi mazali taomlar bilan xursand qilishingiz mumkin. 

Tovarlar miqdori chegaralangan. 

Do‘kon manzili: Qoratosh, 11 A. MEDIAPARK savdo markazi, 2-qavat
Mo‘ljal: O‘zbekiston Banklar Assotsiatsiyasi. “Bunyodkor” metro bekati. Samarqand  Darvoza tomonga yuriladi
Ish tartibi: dushanbadan payshanbagacha – soat 10:00 – 20:00, jumadan yakshanbagacha 10:00 – 22:00.

Reklama huquqi asosida. 

Ko‘proq yangiliklar: