Kanadaning Toronto shahrida uch kishi arbaletdan otib o‘ldirildi

Jamiyat 14:14 / 26.08.2016 6087


Kanadaning Toronto shahrida ikki erkak va bir ayol arbaletdan otib o‘ldirildi. Bu haqda Kanadaning CBC telekanali xabar bermoqda.   

Politsiyachilar shaharning sharqiy qismidagi Skarboro tumanidagi garaj ichida ikki jasad va bir yaradorni aniqlashgan. Yarador shifokorlar yetib kelguncha halok bo‘lgan. Politsiya jasadlar oldida arbalet topilganini ma'lum qilgan. "Biz bu hodisa nima sabab yuz bergani borasida hech qanday tushunchaga ega emasmiz", deb aytdi konstebl Devid Gopkinson.

Politsiyachilar voqea oqibatida yana bir kishi yarador bo‘lgani va u himoyaga olinganini ma'lum qilishgan. 

Huquq-tartibot muassasalarida voqea joyi tekshirilganda arbaletdan tashqari, qurol sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan boshqa buyumlar ham topilgani ma'lum qilingan.

Qo‘shnilarning aytishicha, ular garaj ichidan baqiriq va kurash ovozlarini eshitishgan. Konsteblning ma'lum qilishicha, hozir politsiya bosqinchi va voqea guvohlarini qidirmoqda. Qotillik joyi o‘rab olingan.

 

Ko‘proq yangiliklar: