Tailand fermerlari yovvoyi fillardan arilar yordamida himoyalanishmoqda

Jamiyat 16:32 / 25.08.2016 6410

Tailand fermerlari yerlarini payhon etayotgan yovvoyi fillarga qarshi arilar boqishni yo‘lga qo‘yishdi.

Chantxaburi provinsiyasi fermalari yovvoiy fillardan qutulishning yaxshi yo‘lini o‘ylab topishdi: fillar ari chaqishidan juda qo‘rqishar ekan.
Fillarga qarshi qo‘llanilgan elektrlashtirilgan to‘siqlar va qo‘rqituvchi vositalar samarasiz bo‘ldi. Shu sabab fermerlar arilardan foydalanishga qaror qilishdi.

Fermerlar asalarilar uyasini bir-biridan uzoq masofada, arqonlar orqali biriktirgan holatda joylashtirishadi. Fil arqonni uzib yuborgudek bo‘lsa, arilar unga yopirilishadi.

Xuddi shu usuldan Afrikada ham foydalanishadi.

Ko‘proq yangiliklar: