Markaziy osiyoliklar Moskvadagi 75 foiz zo‘ravonlikni amalga oshirmoqdalar

Jahon 20:11 / 25.08.2016 12144

Moskva ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Mixail Trubnikovning ta'kidlashicha, Moskvada amalga oshirilayotgan zo‘ravonliklarning 75 foizini Markaziy osiyoliklar amalga oshirmoqda. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.   

Trubnikov bu haqda "Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik profilaktikasi va unga qarshi kurashish" mavzusidagi davra suhbatida ma'lum qildi. Uning aytishicha, 90 foiz jinoyatchilar Markaziy Osiyo davlatlari: Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘izistondan kelgan muhojirlardir.

"Agar quruq statistikani olsak, o‘tgan yilga nisbatan jinoyatlar kamaygan. Biroq bu yerda ushbu jinoyat turi haqida har doim ham xabar berilmasligini nazarda tutish kerak. Ko‘p hollarda zo‘ravonlikka uchragan ayollar bu haqda deyarli xabar bermaydilar", deb aytdi Trubnikov.

Trubnikovning ta'kidlashicha, zo‘ravonlik holatlarining kamayishiga asosiy omillardan biri muhojirlarning o‘z yurtlariga qaytib ketishlari bo‘lmoqda.

 

Ko‘proq yangiliklar: