Rossiyalik uchuvchi Instagram yulduziga aylandi

Light 12:20 / 24.08.2016 23737

Instagramda S7 aviakompaniyasining ikkinchi uchuvchisi Yuriy Yashin boshqarib boradigan sahifa mashhur bo‘lib bormoqda. U Salexarddan Gretsiyagacha, Dublindan Semeygacha (Qozog‘istondagi shahar, sobiq Semipalatinsk) — reyslar orasidagi tanaffus vaqtida uchuvchi bulutlar orasida bahaybat "po‘lat qush"dan turib olingan suratlarni joylashtirib boradi. 

Yuriyning otasi va bobosi ham uchuvchi bo‘lgan. O‘zi esa Ulyanovskiy nomidagi fuqarolar aviatsiya institutini tamomlagan.

«Aslida parvoz paytida suratlar olishga vaqt ko‘p bo‘ladi. Hozir aviatsiyada kema kapitani va ikkinchi uchuvchi o‘rtasida vazifalar aniq bo‘lib olinadi: barcha majburiyatlar teng taqsimlanadi. Uchuvchilar barcha ishni birga bajarishadi: hujjatlarni yig‘adi, samolyotga quyiladigan yoqilg‘i miqdori haqida qaror chiqaradi va boshqalar», — deydi Yuriy NSN axborot agentligiga bergan intervyusida.

Yuriy Canon Mark 2 fotoapparatida tasvirga oladi. Ba'zan esa instagramga mobil telefoni orqali olingan suratlarni ham joylaydi.  

Uchuvchi bolaligidan surat olishga qiziqib keladi, hattoki maktab vaqtida fototo‘garaklarga ham qatnagan. Shundan so‘ng u o‘ziga qizil chiroqli xonada sirli dunyoni ochadi. 

«Instagram sahifasining mashhurligiga mening suratlarim ta'sirliligi sabab bo‘ldi. Men hech qachon o‘z sahifamni piar qilmaganman. Men shunchaki qiziqarli ish bilan bandman, ishimni tasvirlayman va uni insonlar bilan bo‘lishgim keladi», — deydi Yuriy.

«Yirik tog‘ tizmalari yoki chuqur ko‘llar yo‘q bo‘lgan oddiy osmon ostida parvoz qila turib, osmon va yerda ajoyib suratlar paydo bo‘lishini ta'riflashga til ojiz. Qaysi yo‘nalish go‘zalroq bo‘lishini aytish mushkul — ko‘pchiligi atmosfera, fasl va shaffoflikka bog‘liq. Yaxshi fotosurat retseptini aytib bo‘lmaydi, sababi ularning har biri betakror. Eng katta qadr-qimmat mana shunda», — deb hisoblaydi Yuriy.

Ko‘proq yangiliklar: