Chernogoriya TIV rahbari BMT bosh kotibi saylovlaridan o‘z nomzodini qaytarib oldi

Jahon 10:48 / 24.08.2016 4978

Chernogoriya TIV rahbari Igor Lukshich joriy yilning oxirida bo‘shaydigan BMT bosh kotibi lavozimi uchun kurashdan voz kechdi. Bu haqida u 23 avgust kuni BMT Bosh assambleyasi (BA) 70-sessiyasi raisi Mogens Lyukketoftga yo‘llagan maktubida ma'lum qildi.  

“Sizga shuni ma'lum qilmoqchimanki, men BMT bosh kotibi lavozimi uchun kurashda o‘z nomzodimni qaytarib olishga qaror qildim”, - deyiladi BA rasmiy saytida chop etilgan maktubda.

Lukshich Jahon tashkiloti ma'muriy rahbarligi lavozimi uchun kurashni davom ettirishdan bosh tortgan ikkinchi nomzod bo‘ldi. Avgust oyi boshida Xorvatiya TIVning sobiq rahbari Vesna Pusich ham bu poygada o‘z nomzodini qaytarib olgandi.

Ko‘proq yangiliklar: