AQSh 1 mlrd dollar evaziga Ukrainadan bosh prokurorni bo‘shatishni talab qilgan

Jahon 08:43 / 24.08.2016 16786

AQSh Ukrainadan mamlakat bosh prokurori Viktor Shokinning bo‘shatilishini talab qilgan va aks holda 1 mlrd dollarlik kredit bermaslik bilan tahdid qilgan. Bu haqda The Atlantic jurnaliga AQSh vitse-prezidenti Jozef Bayden ma'lum qildi

Maqola mualliflarining yozishicha, Bayden har doim ham o‘zini do‘stona tutmaydi, biroq shu bilan birga boshqa davlatlar yetakchilarini AQSh yoki boshqa bir davlatlar manfaati yo‘lida biror-bir ishni qilishga majbur qiladi. Jurnal Baydenning Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan bu boradagi suhbatidan bir parchani keltirgan.

"Pyotr, sen milliard dollar olmaysan. Bu normal holatdir, siz bosh prokurorni qoldirishingiz mumkin. Biroq tushuning, agar siz buni qilsangiz, biz pul bermaymiz", deb esladi Bayden Poroshenkoga aytgan so‘zlarini.

Ta'kidlanishicha, shundan keyin Pyotr Poroshenko Viktor Shokinni 2016 yil 3 aprelda lavozimidan bo‘shatgan.

Ko‘proq yangiliklar: