Parij – 2024 yilgi Olimpiada mezbonligi uchun asosiy da'vogar

Sport 11:28 / 23.08.2016 9595

Fransiya poytaxti Parij shahri 2024 yilgi Yozgi Olimpiada o‘yinlari mezbonligi uchun raqobatda boshqa da'vogarlarga nisbatan katta ustunlikka ega. Bu haqda Xalqaro olimpiya qo‘mitasidagi manbaga asoslangan holda «R-Sport» xabar berdi.

«Bu vaziyatda Parij shubhasiz asosiy da'vogar. Boshqa nomzod shaharlar infrastrukturasi to‘la tayyor emas, Parijda esa transport va mehmonxonalar bo‘yicha muammolar yo‘q. Qolaversa, Parij oxirgi marta 100 yil oldin Olimpiadag mezbonlik qilgandi», – deyiladi «R-Sport» xabarida.

Parijdan tashqari OO‘-2024 uchun mezbonlik qilish istagi bilan Rim, Budapesht va Los-Anjyeles shaharlari murojaat qilgan.

Bundan oldinroq XOQ vakillari amerikaliklarning rossiyalik sportchilarga qarshi kampaniyasidan noroziligi, shu tufayli Los-Anjyeles shahri olimpiadani o‘tkazish bo‘yicha raqobatda deyarli imkoniyatga ega emasligi haqida xabar berilgandi.

Ma'lumot uchun, 2024 yilgi Olimpiada mezbonini aniqlash uchun saylov 2017 yilning sentabrida o‘tkaziladi.

Ko‘proq yangiliklar: