O‘zbekistonda eng kam ish haqi va pensiya miqdori 15 foizga oshiriladi

Jamiyat 16:43 / 22.08.2016 118155

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov 2016 yil 22 avgust kuni ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda O‘zA saytida ma'lum qilingan.

Farmonga muvofiq, respublika aholisining daromadlari va turmush darajasini yanada muttasil oshirib borish, fuqarolarga ijtimoiy madadni kuchaytirish maqsadida 2016 yilning 1 oktabridan boshlab byudjyet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o‘rta hisobda 15 foizga oshiriladi.

Farmonga ko‘ra, 2016 yilning 1 oktabridan O‘zbekiston hududida eng kam:
ish haqi — oyiga 149 775 so‘m;
yoshga doir pensiyalar — oyiga 292 940 so‘m;
bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 292 940 so‘m;
zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 179 755 so‘m miqdorida belgilanadi.

Byudjyet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarning oshirilishi bilan bog‘liq sarf-xarajatlar respublika Davlat byudjyeti va Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.

Xo‘jalik hisobidagi korxona va tashkilotlar esa 1 oktabridan boshlab Prezident farmonida belgilangan eng kam ish haqiga muvofiq, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mehnat sarfini kamaytirish hisobiga ish haqi miqdorini oshirishi kerak.

Oxirgi marta O‘zbekistonda eng kam ish haqi miqdori 2015 yilning avgustida 10 foiz miqdorida oshirilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: