Ko‘tarilgan ish haqi, KXDRning yangi tahdidi, Milliard marta yuklangan ilova, O‘zbek bokschilarining oltin janglari va kunning boshqa muhim xabarlari

O‘zbekiston 20:14 / 22.08.2016 38890

Yakunlanib borayotgan 22 avgust O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

O‘zbekistonda yangi post

 

2016 yil avgust oyida AQShning O‘zbekistondagi elchisi o‘rinbosari Lessli Vigeri O‘zbekistonning Tojikiston bilan chegarasida joylashgan yangi qo‘riqlash postining ochilish marosimida ishtirok etdi.

>>> Batafsil.  

Ko‘tarilgan ish haqi


O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov 2016 yil 22 avgust kuni ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

>>>  Batafsil.

Bosh vazirning qimmat kiyimi


Hindiston bosh vaziri Narendra Modining kostyumi eng qimmatbaho zamonaviy kostyum sifatida Ginnes Rekordlar kitobiga kirdi.

>>>  Batafsil.

KXDRning yangi tahdidi

Shimoliy Koreya harbiylari, Koreya Respublikasi va AQSh tomonidan o‘tkazilayotgan Ulji Freedom Guardian (UFG) qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari chog‘ida Pxenyanga bevosita tahdid solinadigan bo‘lsa, janubiy koreyaliklar va amerikaliklarning kulini ko‘kka sovurishini ta'kidlashmoqda.

>>>  Batafsil.

Dahshatli avariya

Hindistonda Haydarobod shahridan Kakinada shahriga qatnovni amalga oshirayotgan shaharlararo yo‘lovchi avtobusi ko‘prikdan qulab ketib, tomi bilan ag‘darilib ketgan.

>>> Batafsil.


Pokiston “Tolibon” ustiga yurish boshladi


Pokiston qurolli kuchlari Afg‘oniston bilan chegara yaqinida "Tolibon" jangarilariga qarshi amaliyotlar o‘tkazishga kirishdi.

>>> Batafsil.

Milliard marta yuklangan ilova

Mashhur ijtimoiy tarmoq (Instagram) bunday muvaffaqiyatga erishgan o‘n to‘qqizinchi ilova bo‘ldi.

>>> Batafsil.

BAAning zamonaviy taksisi

Dunyoga mashhur «Airbus» aviasozlik kompaniyasi yo‘lovchi va yuklarni tashish uchun muqobil uchuvchi transport vositalarini barpo etish rejasini oshkor qildi. Bu yangilikni joriy qilish uchun BAA tanlandi, deb yozmoqda The National.

>>> Batafsil.

O‘zbek bokschilarining oltin janglari

Rio—2016 Olimpiadasining oxirgi kunida O‘zbekiston boks terma jamoasining 52 va 64 kilogrammgacha bo‘lgan vakillari O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga 2ta oltin medal tortiq qilishdi.

>>> Batafsil.

Xayr, Rio - salom, robotlar: Tokio 2020

2020 yilgi Olimpiya o‘yinlari estafetasini Tokio qabul qildi. CNN nashrining ma'lum qilishicha, Tokioda robotlar sizlarni maydondagi o‘rningizgacha kuzatib qo‘yadi, osmonda esa sun'iy meteoritlar shakllar yasaydi.

>>>   Batafsil.

Ko‘proq yangiliklar: