Turkiyada to‘ydagi terakt oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi

Jahon 07:29 / 21.08.2016 16207

Turkiyaning G‘aziantep shahridagi to‘yda yuz bergan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 30 kishigacha yetdi, 94 kishi yaralandi. Bu haqda mahalliy hukumat ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda. 

Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Mexmet Shimshek hujumni terrorchi-xudkush amalga oshirganini ma'lum qildi. Hukumat vakillari ushbu teraktni ham Kurdiston ishchi partiyasi, ham IShID jangarilari amalga oshirgan bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda.

 

Ko‘proq yangiliklar: