Somalidagi shahar hokimiyati binosiga qilingan hujum oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Jahon 15:20 / 21.08.2016 6637

Somalining markaziy qismidagi Galkayo shahri hokimiyati binosiga xudkush tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda mahalliy nashrlarga asoslangan holda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

"Biz 15 kishining o‘limini tasliqlaymiz. Ular orasida tinch aholi vakillari ham, xavfsizlik xizmati xodimlari ham bor", degan politsiya vakili.

Bu hujum uchun javobgarlikni "Ash-Shabob" tashkiloti o‘z zimmasiga olgan.

Ma'lum qilinishicha, terrorchi Puntlend muxtor hududidagi Galkayo shahri hokimiyati binosida portlovchi qurilmani ishga tushirgan. Hududda 2 portlash yuz bergan: avvaliga yuk mashinasi portlagan, 1 daqiqa o‘tib yana bir yengil avtomobil portlatilgan.

Somalida faoliyat ko‘rsatuvchi "Ash-Shabob" ("Yosh mujohidlar harakati") "Al-Qoida" bilan yaqin aloqalarga ega. Bu tashkilot hukumatga qarshi qurolli hujumlar uyushtiradi, BMTning mamlakatdagi qarorgohlariga bosqin qiladi. Bu guruh 2008 yilda AQShning terroristik guruhlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Ko‘proq yangiliklar: