Yapon dengizida rossiyalik dengizchilar kemasi falokatga uchradi

Jahon 22:08 / 21.08.2016 7596

Afrikaning Togo davlati bayrog‘i ostida suzuvchi "Alfa" yuk tashuvchi kemasi Yapon dengizida falokatga uchradi. Kema ekipaji rossiyalik dengizchilardan iborat.

"Alfa" kemasi yukining siljishi oqibatida 40 gradusga qiyalab qolgan. Kema ekipajiga yordamga Koreya Respublikasi sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati kemasi yetib kelgan", deb ma'lum qildi Vladivostok dengiz koordinatsiya-qutqaruv markazi navbatchisi.

Ta'kidlanishicha, kema cho‘kmayapti, biroq qutqaruvchilar 15 rossiyalikdan iborat kema ekipajini evakuatsiya qilishga qaror qilishgan.

Kemani qutqarish bo‘yicha operatsiya 22 avgust ertalabigacha qoldirildi.

Kema Rossiyaning Naxodka shahrida ro‘yxatdan o‘tgan Transatlantic Shipping Service kompaniyasiga tegishli, biroq Togo bayrog‘i ostida suzadi.

 

Ko‘proq yangiliklar: