Hafta dayjesti: Yoz ofatlari, Gulen omili, Kashmir mojarosi, Turkiyadagi qator teraktlar, Suriya ramziga aylangan bola, Rio Olimpiadasining batafsil tafsiloti

Jahon 21:38 / 21.08.2016 18412

Yakunlanib borayotgan haftada O‘zbekiston va jahonda turli voqea-hodisalar ro‘y berdi. Ana shu xabarlardan eng saralari Kun.uz’ning haftalik dayjestida.

"Ijtimoiy fikr": O‘zbekistonliklarning 99,5 foizi Islom Karimov aholi ishonchini qozonganini ta'kidladi

«Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi mustaqillik bayrami arafasida «O‘zbekiston: davlat mustaqilligining 25 yilligi» mavzuida ijtimoiy so‘rov o‘tkazdi. O‘zbekistonning barcha hududlari qamrab olingan tadqiqotda aholining turli ijtimoiy guruhlari, turli millat vakillari ishtirok etgan.

>>> Batafsil.  


Yoz ofatlari

 

2016 yilning iyul oyi butun dunyo kuzatuvlari bo‘yicha, tarixdagi eng issiq oy deya e'tirof etildi. Bunga sabab: AQShning Kaliforniya shtatidagi Louer-Leyk shahrida yuz bergan yong‘in sabab 175ga yaqin uy yo‘q bo‘ldi. Yaponiyada so‘nggi hafta ichida 5,5 mingdan ziyod kishi quyosh urishi oqibatida shifoxonalarga yotqizilgan. Rossiyaning Uzoq Sharq o‘rmon xizmatlari o‘tgan bir sutkada 6ta o‘rmon yong‘iniga qarshi kurash olib borishgan, shundan bittasi to‘liq bartaraf etilgan.

>>> Batafsil.

Gulen omili

Rossiyadagi Sharqshunoslik, xalqaro aloqalar va jamoatchilik diplomatiyasi markazi direktori va turkolog Vladimir Avatkov, Gulen omilini (faktorini) Rossiya va Markaziy Osiyo uchun ham xavfli hisoblanishini aytdi.

>>> Batafsil.

Turkiyadagi qator teraktlar


Turkiya sharqidagi Elyazig viloyati markazida politsiya mahkamasida portlash amalga oshirildi. Bundan tashqari, 20 avgust kuni Turkiya janubida, Suriya bilan chegaradagi Gaziantep shahrida to‘y marosimi vaqtida portlash yuz berdi va 51 kishi halok bo‘lib, o‘nlab kishilar jarohatlandi. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an teraktlarni o‘tgan oydagi davlat to‘ntarishiga urinish bilan bog‘ladi.

>>>Batafsil.


Tim Kuk bilan katta intervyu


13 avgust kuni Apple bosh rahbari Tim Kuk o‘z lavozimini egallaganiga besh yil to‘lishi munosabati bilan The Washington Times gazetasi uning ishtirokidagi katta intervyuni taqdim etdi.

>>> Batafsil.


AQSh va prezidentlik saylovi


AQShda prezidentlik saylovlari atrofida o‘tgan hafta mobaynida, qator muhim voqealar sodir bo‘ldi. Jumladan, AQSh prezidenti Barak Obama AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klintonni qo‘llab-quvvatlashga pul yig‘ish maqsadida o‘zining ta'tilini to‘xtatib turishga qaror qildi. AQSh vitse-prezidenti Jozef Bayden AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klintonning saylovoldi kampaniyasi doirasida amalga oshirilgan tadbirda AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Trampga Iosif Stalin yoqqan bo‘lardi, deb aytdi.

>>> Batafsil.


Kashmir mojarosi


Hindiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Subramaniam Jayshankar Kashmir muammosi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun Islomobodga keladi. Bundan tashqari, Hindiston prezidenti Pranab Kumar Mukerji bir yarim oydan beri tartibsizliklar davom etayotgan Jammu va Kashmir shtati parlamenti muxolifati delegatsiyasi bilan uchrashdi.

>>> Batafsil.

Yer yuzidagi eng ulkan havo kemasi


Britaniyalik loyihachilar tomonidan ishga tushirilgan jahondagi eng katta havoy layneri - Airlander 10 fazoga ko‘tarildi.

>>> Batafsil.

“Suriyadagi tinch aholining azob-uqubatlari ramzi”


Surati Suriyadagi urushda tinch aholi uchrayotgan azob-uqubatlar ramziga aylangan 5 yoshli Omran Daknishning akasi Ali Daknish Halabda halok bo‘ldi. Bu haqda Suriyada inson huquqlariga amal qilishni monitoring qilish markazi ma'lumotiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

>>> Batafsil.

Rio Olimpiadasining batafsil tafsilotlari


Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida 5 avgustdan 21 avgustga qadar o‘tgan o‘tkazilgan 31-Yozgi Olimpiada o‘yinlari ham nihoyalab bormoqda. Unda jahonning ko‘plab mamlakatlari qatori O‘zbekiston sportining yorqin vakillari ham bahslarda ishtirok etdi. G‘alabalar bo‘ldi, mag‘lubiyatlar ham.

>>> Batafsil.

Ko‘proq yangiliklar: