Qirg‘izistonning Koreyadagi elchisiga hayfsan e'lon qilindi

Jamiyat 14:28 / 20.08.2016 19381

Qirg‘iziston respublikasining Koreya respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Askar Beshimovga hayfsan e'lon qilindi. Bu haqda prezident apparati axborot siyosati bo‘limi xabar qilgan. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, davlat rahbari Almazbek Atambayev diplomatning Malayziyadagi elchilik vaqtida majburiyatlarini sovuqqonlik bilan bajargani uchun hayfsan e'lon qilish to‘g‘risidagi qarorni imzolagan. 

Eslatib o‘tamiz, Askar Beshimov 2011-2012 yillarda Qirg‘izistonning Malayziyadagi elchixonasiga rahbarlik qilgan edi. Ammo, xabarda shunday chora bir necha yil o‘tgandan so‘ng qo‘llanilishi sababiga oydinlik kiritilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: