Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga ilk yo‘lovchi poyezdi qatnovi 27 avgustdan yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston 00:25 / 19.08.2016 26689

Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishidagi ilk yo‘lovchi poyezdining qatnovi 27 avgustdan boshlab amalga oshiriladi. U poytaxtdan ertalabki 8:30 da yo‘lga chiqadi. Bu haqda Tvitter foydalanuvchilari tomonidan joylashtirilgan “O‘zbekiston temir yo‘llari” boshqaruvi raisi Achilboy Ramatov buyrug‘ida aytilgan. Hozirda hech qanday rasmiy ma'lumot berilmagan.

Poyezd marshruti yangi elektrlashtirilgan “Angren-Pop” temir yo‘l liniyasi orqali Toshkent-Angren-Orzu-Pop-Qo‘qon-Marg‘ilon-Andijon shaharlaridan o‘tadi.

Poyezd 12ta yo‘lovchi vagonidan iborat bo‘ladi. 20 avgustga qadar yangi poyezd qatnov grafigi yo‘lovchilarga ma'lum qilinadi.

Iyun oyining oxirida topshirilgan “Angren-Pop” temir yo‘lining uzunligi 123,1 km.ni tashkil qiladi. U Farg‘ona vodiysini O‘zbekistonning boshqa viloyatlari bilan bog‘ladi.

Rejaga ko‘ra, birinchi yil 600 ming nafar yo‘lovchi tashish ko‘zda tutilgan.

Ko‘proq yangiliklar: