Portugaliyada yaxshi va manzarali tumanda joylashgan uylarga soliq ko‘tarildi

Jahon 21:38 / 19.08.2016 6291

Portugaliya hukumati yaxshi va manzarali tumanda joylashgan ko‘chmas mulkka soliq miqdorini oshirishga qaror qildi, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi.  

Ma'lum qilinishicha, uyning janubiy tomonidan joylashgan kvartira uchun to‘lanadigan soliq oddiysidan 20 foizga ko‘proq bo‘ladi. Shu bilan birga, pastki qavatlardagi, oynasi shimol tomonga yoki qabristonga qaragan uylar uchun soliq 10 foizga kamroq bo‘ladi.   

Ta'kidlanishicha, bunday o‘zgarishlar qayta baholanish jarayonidan o‘tayotgan yoki yangi qurilgan uylarga taalluqli bo‘ladi.

"Bu g‘oya bizni esankiratib qo‘ydi. Hukumat nafaqat biz bilan maslahatlashdi, balki qonunni parlament ta'tillari vaqtida o‘zgartirdi, shuning uchun bu masala bo‘yicha hech qanday munozara o‘tkazilmadi", deb aytdi Lissabon uy egalari uyushmasi rahbari Luis Menezes Leyta.

 

Ko‘proq yangiliklar: