Fransiyada noqonuniy muhojir pasportini yeb qo‘ydi

Jamiyat 14:06 / 19.08.2016 9109

Fransiyaning Tuluzasida gambiyalik noqonuniy muhojir deportatsiyaga tushmaslik uchun pasportini yeb qo‘ydi. Bu haqida La Depeche ma'lum qildi. 

Manbaga ko‘ra, 34 yoshli Bubakar Fransiyadan boshpana izlagan, biroq buning o‘rniga hibsga olinib, deportatsiya uchun Tuluza aeroportiga yetkazilgan. Muhojir shu qadar uyiga qaytgisi kelmaganidan, chegara nazoratidan o‘tayotgan vaqtda hujjatlarni ko‘rsatish so‘ralganda pasportidagi ma'lumotlar berilgan sahifalarni yirtib, ularni yutib yuborgan. 

Shundan so‘ng u politsiya xodimlari bilan ziddiyatga borgan va buning natijasida havo kemasi kapitani uni bortga chiqarishga izn bermagan. Bubakar ikki oylik qamoq jazosiga hukm qilindi. Jazo muddati nihosiga yetgach, u baribir Gambiyaga deportatsiya qilinishi kerak bo‘ladi. 
 

Ko‘proq yangiliklar: