Uber va Volvo haydovchisiz avtomobil ishlab chiqarish loyihasiga 300 mln dollar kiritadi

Fan-texnika 20:43 / 18.08.2016 5848

Amerikaning taksi buyurtmasi xizmati bilan shug‘ullanuvchi Uber kompaniyasi Shvetsiyaning Volvo avtokonserni bilan o‘z-o‘zini boshqaradigan avtomobil loyihasini ishlab chiqarish uchun 300 mln dollarlik shartnoma imzoladi. Bu haqda Financial Times xabar bermoqda.

Portal ma'lumotlariga ko‘ra, loyihaga jalb etiladigan mablag‘ ikki kompaniya o‘rtasida teng bo‘linadi. Shundan so‘ng haydovchisiz avtomobil qurish ishiga kirishiladi.
Avtomobil Volvo XC90 yo‘ltanlamasi bazasida ishlab chiqiladi.
 

Ko‘proq yangiliklar: