Instagram yaqindagi konsert va o‘yinlarni namoyish etadi

Fan-texnika 22:56 / 18.08.2016 5147

Instagram ijtimoiy tarmog‘i "Qidiruv va qiziqarli" (Explore) bo‘limida yangi videokanalni ishga tushirdi. "Voqealar kanali" (Events Channel) bo‘linmasiga kira turib, foydalanuvchilar yaqin atrofda sodir bo‘layotgan sport o‘yinlari, konsertlar va boshqa yirik tadbirlarning translyatsiyasini tomosha qilishlari mumkin.

Inset tarkibi foydalanuvchining shaxsiy afzalliklari bo‘yicha belgilanadi. "Postlar siz qaysi insonlar sahifasiga a'zo bo‘lganingizga yoki sizga qanday postlar yoqishi hisobiga avtomatik tarzda tanlanadi. Shuningdek, bizning fikrimizga ko‘ra, sizga manzur keladigan mavzular bo‘yicha qo‘lda yoki avtomatik tanlab olingan turli akkauntlarning postli videokanallarini ham tomosha qilishingiz mumkin", — deb yoziladi Instagram'da.

Personallashtirilgan video to‘plam avvaliga faqat AQShda foydalanishga topshiriladi.  "Tez orada" u boshqa mamlakatlarda ham yo‘lga qo‘yiladi, deb va'da beradi kompaniya.

Iyul oyida Instagram personallashtirilgan "Bu videolar sizga yoqadi" kanalini ishga tushirdi . "Tavsiya qilingan kanallar"dagi roliklar turli mavzular bo‘yicha guruhga ajratilgan (Riodagi Olimpiada o‘yinlari 2016, Kann kinofestivali, Coachella musiqa festivali, Yangi yil va boshqalar). 

Ko‘proq yangiliklar: