Malayziyada neft tankeri o‘g‘irlab ketildi

Jahon 12:20 / 17.08.2016 8240

Malayziya hukumatiga ko‘ra,  900 ming litr dizel yoqilg‘isini tashiyotgan neft tankeri o‘g‘irlab ketilgan, deb xabar qilmoqda Reyter axborot agentligi.

Malayziya dengiz qo‘riqlash boshqarmasi (Malaysian Maritime Enforcement Agency, MMEA) xabarida aytilishicha, ayni vaqtda Vier Harmoni kemasi Indoneziyaning Batam shahri suvlarida turibdi. Hozircha, tankerni olib qochganlarning shaxsi aniqlanmagan.
 
"Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, kema ichki muammolar sabab o‘g‘irlab ketilgan", — deya ma'lum qilgan boshqarma rahbari Ahmad Kahar ijtimoiy tarmoqlarda. 

Reyterning ma'lum qilishicha, 392,7 ming AQSh dollari miqdoridagi dizel yonilg‘isini olib ketayotgan tanker Malayziyaning Tanjung Pelepas (Tanjung Pelepas) portidan yo‘lga chiqqan. 

MMEA boshqarmasiga ko‘ra, kema noma'lum kimsalar tomonidan Malayziyaning Kuantan portiga yaqin hududida egallab olingan.
 

Ko‘proq yangiliklar: