Apple Xitoyga investitsiyalar hajmini oshirmoqchi

Fan-texnika 08:30 / 17.08.2016 4419

Apple kompaniyasi Xitoyga investitsiyalar hajmini oshirmoqchi va Osiyo-Tinch okeani hududidagi birinchi tadqiqot va ishlanmalar markazini qurmoqchi. Bu haqda kompaniya rahbari Tim Kuk ma'lum qildi.  

Kuk bu haqda Xitoyga safari davomida ma'lum qildi. U Xitoyga oxirgi 4 oy ichida ikkinchi marta tashrif buyurdi. Bu tashabbus kompaniyaning mahsulotlariga ushbu mintaqada talabning keskin tushib ketgani bilan bog‘liq. Bundan tashqari, mahalliy  hukumat xorijiy texnologiyalarga nisbatan juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lmoqda.   

Apple rahbari Xitoy bosh vaziri o‘rinbosari Chjan Gaoli bilan suhbatda yangi markaz joriy yil oxirigacha qurib bitkazilishini ta'kidlab o‘tgan. Unda xitoylik muhandislar ishlaydi va bu mahalliy hamkorlar va universitetlar bilan aloqa o‘rnatishga imkon beradi.

Ko‘proq yangiliklar: