Tadqiqot: Insonlar fazoda Yerdagiga qaraganda og‘riqni kamroq sezishadi

Light 14:29 / 10.08.2016 8530

Rossiyalik olimlarning fikricha, fazoga parvoz qilish baxti va orbitadagi fazogirlarning ish bilan mashg‘ul bo‘lishi, ularning og‘riqni his qilish chegarasini o‘zgartirishi mumkin. 

"Uzoq tayyorgarlik ko‘rgan fazogir nihoyat fazo stansiyasiga uchib kelgach, o‘ziga xos saodatni va yuqori kayfiyatni his etadi. Shu boisdan ham, jo‘shqin hissiyotlar sabab uning og‘riqni sezish chegarasi ham o‘zgaradi. Keyinroq, bu jarayon fazogirning vaznsizlikka moslashuvi davomida o‘z holiga qayta boshlaydi", - deb hikoya qilgan Rossiya Fanlar Akademiyasi tibbiy-biologiya muammolari ilmiy xodimi Ilya Rukavishnikov TASS agentligiga bergan intervyusida. 

Hozirda, Xalqaro Fazo stansiyasida "Algometriya" (og‘riqni o‘lchash) tajribasi o‘tkazilmoqda. Bunga, fazogirlarning stansiyada yengil jarohat olishganda, biron joyini urib olishganda og‘riqni his qilmasliklari to‘g‘risidagi ta'kidlari sabab bo‘lgan. Ular vaznsizlik holatida qon namunasi olinganda og‘riqni his qilishganini aytishgan. 

"Shu munosabat bilan, bir nechta tajriba o‘tkazishga qaror qilindi. Ular, fazoviy parvozlarda og‘riqni sezish darajasini asoslash va so‘nggi chegarasini baholash tartibini tuzish uchun zarur", - deya izohlagan olim. 

Mazkur tajribalar ikki xil usulda olib boriladi. Birida, keng sterjen qo‘l barmog‘iga bosiladi, ikkinchisida yelkaga qizdiruvchi plastinka qo‘yiladi. Ikkala usul ham maxsus dasturiy ta'minotga ega bo‘lib, tajribadan o‘tayotgan shaxsning jarohat olishiga yo‘l qo‘ymaydi. 

Bu tajriba o‘tgan yilning bahoridan boshlab o‘tkazilmoqda va yana ikki yillar davom etadi. 

"Umuman, unda 10-15 nafarga yaqin ekipaj a'zolari qatnashishi kerak. O‘shandagina, haqiqatga mos keluvchi natijaga ega bo‘lishimiz mumkin", -degan institut xodimi. Uning aytishicha, fazogirlar bu kabi testlardan uch marta: parvoz oldidan, parvoz vaqtida va Yerga qaytganlaridan so‘ng o‘tishadi. 

Olimlar, shu bilan fazoviy parvoz chog‘ida talab etilganda, og‘riqsizlantirishning mos usulini aniqlashadi.

Ko‘proq yangiliklar: