Rossiya va Turkiya "Turk oqimi" gaz quvuri va "Akkuyu" AESi qurilishini tiklashga kelishib oldi

Iqtisodiyot 21:21 / 09.08.2016 14610

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan birga bergan matbuot-anjumanida Anqara "Turk oqimi" gaz quvuri va "Akkuyu" AESi qurilishi loyihalarini tiklash bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilganini aytdi

"Biz energetika sohasida yirik qo‘shma loyihalarni muhokama qildik. Ular ustidagi ishlarning davom ettirilishi aniq siyosiy qarorlarni ham talab qiladi. Biz avval bir qator yirik loyihalar bo‘yicha gapirgan muayyan qarorlar turk tomonidan qabul qilindi, misol uchun, "Akkuyu" AESi va "Turk oqimi" gaz quvuri qurilishi bo‘yicha", deb aytdi Putin.   

O‘z navbatida Erdo‘g‘an Turkiya "Akkuyu" AESi loyihasiga strategik investitsiya maqomining berilishini aytdi.

"Biz "Akkuyu" loyihasiga strategik investitsiya maqomini berishga tayyormiz, bu masala bo‘yicha kelishib oldik", deb aytdi Erdo‘g‘an.

Ko‘proq yangiliklar: