Maqsud Qoriyevning 90 yillik xotira yubileyi o‘tkazildi

Jamiyat 15:20 / 09.08.2016 8866

Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Maqsud Qoriyevning 90 yillik xotira yubiley kechasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Yozuvchilar uyushmasi raisi Muhammad Ali kirish so‘zi bilan ochdi. Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Akmal Saidov, “Jahon adabiyoti” jurnali muharriri Shuhrat Rizayev hamda bir qator taniqli shoir-yozuvchilar, professor va olimlar adibning hayot va ijod yo‘li haqida so‘z yuritishdi. Kecha davomida Maqsud Qoriyevning “Zamondoshlar xotirasida” nomli kitobining taqdimoti ham o‘tkazildi. Tadbir so‘ngida qatnashchilarga ushbu kitobdan tarqatildi.


 

Ko‘proq yangiliklar: