«Notiqlik san'ati» kitobi chop etildi

Jamiyat 19:01 / 05.08.2016 29909

Toshkent shahridagi «Lesson Press» nashriyotida notiqlik san'atiga qiziquvchilar uchun yangi kitob nashr qilindi. Uning muallifi taniqli jurnalist Rahimboy Jumaniyozov.

Kitob ikki bobdan iborat bo‘lib, birinchi bob «Nutqning asosiy sifatlari» deb ataladi. Ikkinchi bobga esa «Nutq mahoratining ikkinchi tomoni» deb nom berilgan. Kitobda 18 xil mavzu haqida so‘z ketadi. Jumladan, nutqning boyligi, soddaligi va jo‘yaliligi haqida alohida bo‘limlarda mulohaza yuritilgan. Shuningdek, muallif mavzuga doir qator aforizmlarni ham keltirgan. Kitob yakunida fan yuzasidan berilgan test materiallari kitobxonning bilim darajasini oshirish hamda mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: