Somali poytaxtida yuz bergan portlashlar oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi

Jahon 15:47 / 26.07.2016 5342

Somali poytaxti Mogadisho shahridagi aeroport yaqinida ro‘y bergan portlash oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Portlovchi qurilma o‘rnatilgan avtomobil aeroport yaqinida joylashgan tinchlikparvar kuchlar bazasi oldida portlatilgan. Shu vaqtda shaharning yana boshqa tumanida portlash yuz bergan.

Sodir etilgan portlashlar uchun javobgarlikni “Ash-Shabob” guruhi o‘z zimmasiga olgan.

Ko‘proq yangiliklar: