Solar Impulse 2 samolyoti o‘z sayohatini muvaffaqiyatli yakunladi

Fan-texnika 08:09 / 26.07.2016 4989

Quyosh batareyalarida parvoz qiluvchi Solar Impulse 2 samolyoti 26 iyul tungi payt o‘zining dunyo bo‘ylab sayohatining oxirgi nuqtasi – Abu-Dabida muvaffaqiyatli qo‘ndi. Samolyot aynan shu shahardan 2015 yil 9 martda Yer atrofi bo‘ylab sayohatini boshlagandi.     

Bu haqda loyihaning tvitterdagi rasmiy sahifasida ma'lum qilindi

"Bertran Pikkar boshqaruvidagi Solar Impulse 2 samolyoti Abu-Dabida muvaffaqiyatli qo‘ndi", deyilmoqda xabarda.

Dastlab sayohat 17 iyulda yakunlanishi kutilgandi. Biroq uchuvchilardan biri Bertran Pikkarning salomatligidagi muammolar sababli bir necha kunga surildi.

Uchuvchilar Andre Borshberg va Bertran Pikkar boshqaruvidagi samolyot o‘z sayohati davomida dunyoning 15 ta davlatida to‘xtash amalga oshirdi. 

Samolyotning qanotlari qulochi 72,3 metrni, og‘irligi 2,3 tonnani tashkil qiladi. Samolyotda 17 ming 248 ta quyosh batareyasi o‘rnatilgan bo‘lib, ulardan olinadigan quvvatdan 4 ta elektromotor ishlaydi. Samolyotning kreyserlik tezligi soatiga 140 kmni tashkil qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: