Marokash Rossiyadan fuqarolik samolyotlari xarid qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

Iqtisodiyot 15:14 / 22.07.2016 6042

Marokash hukumati rossiyalik hamkorlari bilan Rossiya fuqaro aviatsiyasi samolyotlarini xarid qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Marokash eksportni rivojlantirish Markazi bosh direktori Zaxra Maafiriy ma'lum qilgan.

Uning qayd etishicha, quyosh energiyasidan foydalanuvchi qishloq xo‘jaligi sanoati, raqamli texnologiyalar hamda turizm — RF va Marokash muvaffaqiyatli hamkorlik qilishi mumkin bo‘lgan sohalardir. 

"Bu texnologiyalarning barchasi Marokashda rivojlanish ostonasida turibdi, ularning ayrimlari mahalliy bozorga, boshqalari eksportga mo‘ljallangan. Shu boisdan, Marokash Rossiya sarmoyalariga muhtojdir", — degan Maafiriy jurnalistlarga. 

Bundan tashqari, uning aytishicha, Marokash o‘z aviasozlik sanoatini rivojlantirishni xohlaydi. Mamlakat Rossiya samolyotlarini xarid qilishni rejalashtirayotgan bo‘lsa-da, mahalliy sanoatni rivojlantirish uchun Rossiya investitsiyalarini jalb etish kerak. 

Shuningdek, Rossiya va Marokash temir yo‘llarni qurish sohasida ham ulkan hamkorlik salohiyatiga ega va bu ikki davlatga ham birdek foyda keltirishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: