Saudiya Arabistoni Ulamolar kengashi Pokemon o‘yinini islom diniga zid deb topdi

Jamiyat 19:47 / 20.07.2016 27387

Saudiya Arabistoni Ulamolar kengashi Pokemon o‘yinini islom diniga zid deb topib, uning gunohligi to‘g‘risida fatvo berdi. Bu haqida Reuters agentligi ma'lum qildi. 

Manbaga ko‘ra, Ulamolar kengashi 2001 yilda chiqqan Pokemon karta o‘yiniga doir farmonni yangiladi.

Kengash qaroriga ko‘ra, pokemonlar haqidagi o‘yinlar islom diniga zid belgilarni o‘zida mujassam etgan, ko‘p xudolik va qimor o‘yinlari shular jumlasidandir. Bundan tashqari, o‘yinda maxsus kuchga ega mavjudotlarning mutatsiyasiga duch kelish mumkin, bu esa islomda gunoh hisoblanuvchi evolyutsiya nazariyasiga ishora qiladi.

Ekspertlarning ogohlantirishicha, mazkur o‘yin real hayotda jabrlanishga yoki o‘g‘irlikka olib kelishi mumkin. Rossiya banklari hattoki o‘yin paytidagi jarohatlardan sug‘urtalanishni taklif qilishdi. 

 

Ko‘proq yangiliklar: