Pekin metrosida qurol va o‘qdorilar olib ketayotgan ayol qo‘lga olindi

Jahon 15:40 / 19.07.2016 8974

Xitoy poytaxti xavfsizlik xizmati yerosti transport yo‘lagiga o‘qotar qurol va o‘q-dorilar olib o‘tishga uringan ayolni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Sina axborot portali.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Gunchjufen bekatiga kiraverishda yo‘lovchilardan birining sumkasi introskop orqali tekshiruvdan o‘tkazilganda, ko‘rinishidan qurolga o‘xshovchi qurilma borligi aniqlangan. Shundan so‘ng, bekat qo‘riqlash xizmati ayolni ushlab, politsiyaga topshirishga qaror qilgan. Keyinroq aniqlanishicha, uning shaxsiy buyumlari orasida pistolet, qismlarga bo‘lingan vintovka va 50 ta o‘q borligi aniqlangan. 

Hozirda, gumonlanuvchi harakatining sababi aniqlanmoqda. 

Qayd etish joizki, Xitoyda qurol-yarog‘lar savdosiga nisbatan qattiq talablar amal qiladi. Xususan, haqiqiy bo‘lmagan o‘yinchoq qurolning o‘q otgan vaqtdagi kinetik energiyasi 1,8 Joulda oshsa, u haqiqiy deb hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: