Germaniyada poyezd yo‘lovchilariga hujum qilgan shaxsning uyidan IShID bayrog‘i topildi

Jamiyat 14:45 / 19.07.2016 6281

Germaniyada poyezd yo‘lovchilariga bolta bilan hujum qilgan 17-yoshli afg‘on yashagan uydan IShID terrorchi guruhining bayrog‘i topilgan, deb xabar qilmoqda Reuters.

Bu haqda, Bavariya IIV rahbari Yoaxim Hermann ma'lum qilgan.

U, shuningdek, hujumdan jabrlanganlarning ikki nafari og‘ir ahvolda ekanini bildirgan. 

Avval xabar berilganidek, poyezd yo‘lovchilariga bolta bilan hujum qilinishi oqibatida Honkongning 5 nafar fuqarosi jabrlangan. Yaralanganlarning umumiy soni 14 kishini tashkil etgan. Jinoyatchi o‘ldirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: