Toshkent shahridagi Inha universiteti Erkin va ochiq dasturiy ta'minot bo‘yicha memorandum imzoladi

O‘zbekiston 16:29 / 18.07.2016 4607

2016 yilning 14 iyul kuni Koreya Respublikasi axborot texnologiyalari sanoatini rivojlantirish milliy agentligi (NIPA), “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) va Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) tomonidan Erkin va ochiq dasturiy ta'minot (EODT)ni rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolandi.

EODTni rivojlantirish bo‘yicha hujjatni “NIPA” Prezidenti Yun DjongLok, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi direktori Sherzod Habibullayev, TATU rektori O‘tkir Hamdamov va IUT rektori Sherzod Shermatovlar imzolashdi.

Memorandumdan ko‘zlangan asosiy maqsad – EODTdan foydalanishni va o‘qitishni rag‘batlantirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik asoslarini yaratish hamda EODT muhandislarini tayyorlashdir. 

Memorandum doirasida tomonlar elektron hukumat tizimida EODTni joriy etish hamda turli treninglarni tashkillashtirish orqali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olishdi.

Ko‘proq yangiliklar: