OAV: Bag‘dodning shimolida minalashtirilgan avtomobil portlab ketdi

Jahon 12:44 / 13.07.2016 10249

Iroq poytaxtining shimoliy qismida kuchli portlash ro‘y berdi. Bu haqida Sky News Arabia telekanali xabar berdi

Manbaga ko‘ra, xudkush-terrorchi Bag‘dodning Ar-Rashidiya tumanida minalashtirilgan avtomobilni portlatib yuborgan. Jabrlanganlar to‘g‘risida hozircha ma'lumot yo‘q. 

12 iyul kuni xuddi shunday portlash Ar-Rashidiya bozorida amalga oshirilgan. Buning natijasida 9 nafar kishi halok bo‘ldi, 30 nafardan ortig‘i jarohat oldi. 

Arab respublikasidagi birorta ekstremistik guruh portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani yo‘q. 

Ko‘proq yangiliklar: