Dunyodagi eng yaxshi aviakompaniyalar reytingi e'lon qilindi

Fan-texnika 16:36 / 13.07.2016 33542

12 iyul kuni Britaniyaning Skytrax tadqiqot markazi tomonidan eng yaxshi aviakompaniyalar yuztaligi e'lon qilindi. Unga ko‘ra, Emirates Airlines aviakompaniyasi dunyoning eng yaxshi aviakompaniyasi deb tan olingan. Mazkur kompaniya o‘z tarixida to‘rtinchi marta shunday ulug‘ nomga sazovor bo‘ldi. Bu haqida Skytrax’ning rasmiy saytida ma'lum qilindi

Emirates Airlines kompaniyasining prezidenti Tim Klark “Skytrax’ning nufuzli reytingida g‘olib bo‘lish biz uchun katta sharaf. Biz qilayotgan barcha ishlarimizda mijoz manfaatini ko‘zlaymiz” dedi.

Shunisi e'tiborga loyiqki, Emirates kompaniyasi so‘nggi uch yil ichida eng yaxshi aviakompaniya nomini qo‘lga kiritib kelayotgan Qatar Airways’dan o‘zib ketdi. 

Yangi reytingda Qatar aviakompaniyasi ikkinchi o‘rindan joy oldi. Uchinchi o‘rin esa Singapore Airlines’ga nasib etdi. 

Keyingi o‘rinlarda Cathay Pacific, ANA All Nippon Airways, Etihad Airways, Turkish Airlines, EVA Air, Qantas Airways va Lufthansa aviakompaniyalari nomlari qayd etilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: