Airbus Boeing kompaniyasini 100-yilligi bilan antiqa usulda tabrikladi

Jahon 14:36 / 13.07.2016 7830

Dunyoning yirik aviakosmik kompaniyalaridan biri Fransiyaning Airbus konserni, aviasozlik bozoridagi bosh raqobatchisi  — Amerikaning Boeing kompaniyasini yuz yillik yubileyi bilan qutlashning antiqa usulini namoyish etdi. Ikki daqiqalik videolavha Fransiya kompaniyasining Tvitterdagi sahifasiga joylashtirilgan

Unda, fransuz kompaniyasining butun dunyodagi xodimlari amerikalik hamkasblarining raqobatidan «nolishgan». Biroq, konsernning tan olishicha, aynan ushbu sog‘lom raqobat tufayli ikkala kompaniya ham yil sayin mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlarini oshirib, dunyo aholisining turmushi yaxshilanishiga hissa qo‘shmoqda.
 
«Va barcha 150 ming xodimimiz Boeingga birgina so‘zni aytishni istaydi...Tabriklaymiz! Yubiley bilan qutlaymiz», — deyishgan Fransiya kompaniyasi xizmatchilari. 

Amerikaning Boeing kompaniyasi 1916 yil yozida asos solingan edi: 1916 yil 15 iyunida ikkita B&W gidrosamolyotlaridan biri havoga ko‘tarilgan edi. Ularni Uilyam Boing harbiy-dengiz muhandisi Jorj Konrad Vestervelt bilan hamkorlikda ishlab chiqqandi. 15 iyulda esa Boing Sietl shahrida keyinchalik uning nomi bilan atalgan The Pacific Aero Products Companyga asos solgandi. 

Amerika kompaniyasining aossiy raqobatchisi Airbus undan ancha yosh bo‘lib, 1970 yilda tashkil etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: