BMT: Janubiy Sudandagi to‘qnashuvlarda 8 kishi halok bo‘ldi va 60 nafardan ortig‘i jarohat oldi

Jahon 10:47 / 12.07.2016 4819

Janubiy Sudan poytaxtida mamlakat prezidenti Salva Kiira va uning o‘rinbosari Riyek Mashar tarafdorlari o‘rtasida to‘qnashuvlar davom etmoqda. Bu yerda joylashgan BMTning qo‘riqlanuvchi oromgohi (qochqinlar uchun) hududida hamda uning atrofida 8 nafar tinch aholi halok bo‘ldi va 50 nafardan ortig‘i turli jarohatlar oldi. Bu haqida BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrikning ma'lumotiga asoslanib, TASS xabar berdi

"BMTning Janubiy Sudandagi missiyasining ma'lum qilishicha, oxirgi 24 soat ichida qo‘riqlanuvchi oromgohda 67 nafar kishi jarohat olgan. Ulardan sakkiztasi halok bo‘lgan", - dedi u. 

Bundan avval Dyujarrikning o‘rinbosari Farxon Haq so‘nggi kunlar ichida to‘qnashuvlar natijasida BMTning 2 nafar xitoylik tinchlikparvar elchisi halok bo‘lgani hamda yana 7 nafari jarohat olgani haqida xabar bergan edi. 

Jubadagi prezident Salva Kiira va uning o‘rinbosari Riyek Mashar tarafdorlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar 7 iyul kuni - mamlakat mustaqilligining 5 yilligiga ikki kun qolganda sodir bo‘lgan.

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Xavfsizlik Kengashini Janubiy Sudanga nisbatan qurolli embargoni yo‘lga qo‘yishga, sanksiyalarni kengaytirish va  mamlakatga harbiy vertolyotlar hamda qo‘shimcha kuchlarni yo‘llab, tinchlikparvar kuchlarni mustahkamlashga chaqirdi.

Ko‘proq yangiliklar: