Hindistonning Go Airlines 7,5 mlrd dollarlik yo‘lovchi samolyotlarini xarid qiladi

Jahon 10:09 / 11.07.2016 3929

Dunyoning eng yirik aviasozlik kompaniyalaridan biri Airbus Hindistonning Go Airlines aviakompaniyasi bilan 70 dona A320neo samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, deb xabar qilmoqda, Bloomberg agentligi. 

Qayd e'tilishicha, buyurtmaning taxminiy qiymati 7,5 mlrd dollar atrofida bo‘ladi. Agentlik manbasining xabariga ko‘ra, bitim haqida shu haqdayoq e'lon qilinishi mumkin. Uning qo‘shimcha qilishicha, shartnoma Angliyada bo‘lib o‘tajak Farnborough-2016 xalqaro aviatsiya-kosmik ko‘rgazmasida imzolanishi kutilyapti. 

2011 yilda Go Airlines Airbusning 72 ta A320neos rusumli samolyotini xarid qilgan edi.

O‘tgan yili, fevral oyida e'lon qilingan yillik hisobotga ko‘ra, Airbus aerokosmik konserni 2015 yilda rekord qiymatdagi shartnoma imzolaganini e'lon qilgandi. 

 

Ko‘proq yangiliklar: