Iroqdagi yirik yo‘l-transport hodisasida 17 kishi halok bo‘ldi

Jamiyat 21:13 / 09.07.2016 9215

Iroqning g‘arbidagi Vosit viloyatida joylashgan Al-Qut shahridan shimolda yuz bergan yo‘l-transport hodisasida 17 kishi, jumladan ayollar va bolalar halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda politsiyadagi manbaga iqtibos keltirgan holda "As-Sumariya" telekanali. 

"Al-Qutga ketayotgan KIA markasidagi avtobus texnik nosozlik tufayli yo‘ldan chiqib ketib, Al-Qutdan Bag‘dod viloyatiga ketayotgan taksi bilan to‘qnashib ketgan", deb ma'lum qildi manba.

Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, voqea oqibatida taksidagi 5 kishi va avtobusdagi 12 kishi, jumladan 5 ayol va 3 bola, jami 17 kishi halok bo‘lgan.

Voqea joyiga politsiya yetib kelgan, halok bo‘lganlar jasadlari o‘likxonaga yetkazilgan.

Iroqda yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslik va yo‘llarning yomonligi tufayli YTHlarda har yili minglab odam halok bo‘ladi. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 2015 yilda Iroq yo‘llarida 2,5 mingdan ko‘proq odam halok bo‘lgan, 9,5 mingga yaqini jarohat olgan.

Ko‘proq yangiliklar: