Volkswagen va LG hamkorlikda "aqlli mashina" ishlab chiqaradi

Fan-texnika 17:56 / 07.07.2016 6879

Germaniyaning Volkswagen avtokonserni va Janubiy Koreyaning elektr texnikasi ishlab chiqaruvchi LG kompaniyasi o‘zaro hamkorlik qilish to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi. Kompaniyalar axborot almashinuvida bulutli xizmatdan foydalanuvchi multimedia tizimining yangi avlodi ustida bosh qotirmoqda. 

Kelajakda, haydovchi yangi dasturiy ta'minot vositasida o‘zining «aqlli uyi»ga bog‘lanib, signalizatsiyani tekshirishi, chiroqni o‘chirishi mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, interfeysning qulayligi sabab, haydovchi multimedia tizimining axborot xabarlarini «tushunarli va xavfsiz usulda» o‘qiy oladi.

Bugungi kunda deyarli barcha yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilar, ma'lumotlarni saqlashning bulutli xizmatidan foydalanuvchi bu kabi tizimlar ustida ish olib bormoqda. 

Xususan, Hyundai kompaniyasi yaqin yillarda bir-biri bilan o‘zaro "gaplashadigan" mashinalar paydo bo‘lishini e'lon qilgan edi. Avvalroq, Toyota va Microsoft Texas shtatida, barcha "aqlli" mashinalarning "bosh miya markazi" bo‘lib xizmat qiladigan maxsus "data-xab"ni barpo etishlarini ma'lum qilgandi. 

Ma'lumki, LG kompaniyasi 2007 yildan beri turli avtomobil kompaniyalariga multimedia tizimlarini yetkazib beradi. 2015 yili Volkswagen avtokonserniga tegishli Italdesign Giugiaro dizayn-atelesi LG  elektronikasi bilan jihozlangan GEA kontsept karini namoyish qilgandi. 
 

Ko‘proq yangiliklar: