Ispaniyalik juftlik tez yordam mashinasida to‘y marosimini o‘tkazishdi

Jamiyat 01:08 / 05.07.2016 7633

Ispaniyada kelin va kuyov tez yordam mashinasida nikohdan o‘tishdi, deb xabar beradi The Local. Marosim aslida 2 iyul kuni Madriddagi shahar ma'muriyati binosida o‘tishi kerak edi.  Juftlikning ism-sharifi oshkor etilmadi.

Qon bosimining oshishidan aziyat chekuvchi 50 yoshli kuyov o‘zini yomon his qildi va uning qarindoshlari "tez yordam" chaqirishdi. Avvaliga shifokorlar bemorning holati yaxshilanishini kutishdi, biroq biroz vaqt o‘tgach,  uni shifoxonaga yotqizishga qaror qilishdi.

O‘zining holatiga qaramay, quyov bo‘lajak rafiqasi bilan nikohdan o‘tishni talab qildi.  «Men ularga boshqa kun ham nikohdan o‘tishi mumkinligini aytdim, biroq u (kuyov) ko‘nmadi», – deydi mahalliy kengash a'zosi Ester Gomes. Shifokorlar bemorning ahvoli og‘ir bo‘lmagani uchun kasalxonaga yotqizish ishlarini bir necha daqiqaga surib turishdi.

Gomes "tez yordam" mashinasining ichida nikohni qayd etdi. Kelin-kuyovga guruchlar otib, yaxshi tilaklar bildirishga ham ulgurishdi.

Ko‘proq yangiliklar: