Yaponiyada avtomobilning orqani ko‘rish oynasini videokameraga almashtirishga ruxsat berildi

Fan-texnika 16:52 / 05.07.2016 16243

Yaponiyada avtomobillarning orqa ko‘rish oynalarini videokameralar va monitorlarga almashtirishga rasman ruxsat berildi, deb xabar bermoqda «Avtorevyu».

Ma'lumotlarga ko‘ra, Yaponiyaning Ichikoh va Germaniyaning Bosch kompaniyalari shunday butlovchi qismlarni ishlab chiqishga tayyorliklarini bildirgan. Yaqin orada, shu kabi choralar boshqa mamlakatlarda ham qo‘llanilishi mumkin. Xususan, Xitoy va YeI joriy yilda, AQSh 2018 yildan mazkur yangilikka ruxsat berish kutilmoqda. 

Izohlarga ko‘ra, salondagi monitorlarga uzatiladigan kameralarning tasviri yonoynalar va mashina ichidagi orqa ko‘rish oynasini almashtiradi. Bu kabi qurilmalarning yetarli yorug‘lik bo‘lmagan vaqtlarda kompyuter yordamida tasvirlarni qayta ishlash imkoniyati kabi ustunlik jihatlari bilan birga, ko‘rish burchagining cheklanganligi va dasturning ishdan chiqish ehtimollari ham bor. 

Ko‘plab avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar orqani ko‘rsatuvchi kameralarni mashinalariga o‘rnatayotgan bo‘lsa-da, oynalar xizmatidan ham voz kechganicha yo‘q. 

Ko‘proq yangiliklar: