Donald Tramp Marvel olamining eng yomon qahramoni bo‘ldi

Jahon 16:49 / 04.07.2016 23716

AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp Marvel studiyasining eng yomon qahramoniga aylandi. Bu haqda The Independent xabar bermoqda.

Bunday personaj Spider-Gwen Annual #1 da paydo bo‘lgan. Komiks voqealari muqobil olamda sodir bo‘ladi va sevib qolgan Piter Parkerni radiofaol o‘rgimchak chaqib oladi. Mana shu tarixda fojialar tashkilotining (MODOK) mashhur yaramas Mobil organizmi tashqi ko‘rinishini biroz o‘zgartirib, Amerika qiroli bo‘lish uchun Mental organizmga aylanadi.

Ma'lum qilinishicha, salbiy qahramonning tashqi ko‘rinishi Donald Trampga juda o‘xshab ketadi.

Gazetaning eslatishicha, Marvel komikslarda mashhur shaxslarning qiyofasidan birinchi marta foydalanayotgani yo‘q. Avvalroq Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo grafik novellada paydo bo‘lgan edi.

 

Foto:Google image

Ko‘proq yangiliklar: