Serbiyadagi kafeda yuz bergan otishmada 5 kishi halok bo‘ldi

Jahon 11:58 / 02.07.2016 5207

Serbiya politsiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, erkak kishi kafega kirib, tamaddixonada o‘tirganlarga avtomat o‘qotar quroldan tartibsiz ravishda o‘q uzishi oqibatida 5 kishi qurbon bo‘lib, 20 kishi yaralangan, deb xabar bermoqda Associated Press agentligi. 

Qayd etilishicha, hodisa Serbiya shimolida joylashgan Zrenyanin shahri yaqinidagi qishloqda ro‘y bergan. 

Xabar qilinishicha, gumondor dastlab rafiqasi hamda yana bir begona ayolga o‘q uzgan, shundan so‘ng boshqalarga qarata o‘t ochgan. Jinoyatchi qo‘lga olingan. 
 

Ko‘proq yangiliklar: