Skarlett Yoxansson kino tarixidagi eng "kassabop" aktrisa deya e'tirof etildi

Jamiyat 16:53 / 30.06.2016 64361

Skarlett Yoxansson barcha zamonlardagi eng "kassabop" aktrisa deb tan olindi. Bu haqida People nashri Box Office Mojo ma'lumotlariga tayanib xabar berdi. 

Ekspertlarning hisobiga ko‘ra, Amerika kinoprokatida Yoxansson ishtirokidagi filmlardan jami 3,3 milliard dollar mablag‘ tushgan. Bu aktrisaga Hollivud aktyorlarning umumiy reytingida 10-o‘rinni, aktrisalar reytingida esa 1-pog‘onani zabt etish imkonini berdi. 

Aktyor va aktrisalarning umumiy reytingida Skarlett Yoxanssondan oldingi o‘rinlarni Harrison Ford, Semyuel L. Jyekson, Morgan Friman, Tom Xenks, kenja Robert Dauni, Eddi Myorfi, Tom Kruz, Maykl Keyn va Jonni Depp egalladi.

Aktrisalar ro‘yxatida Yoxanssondan keyingi o‘rinlarni Kemeron Diaz, Helena Bonem Karter, Keyt Blanshett, Juliya Roberts, Elizabet Benks, Emma Uotson va Enn Xeteuey zabt etdi. 
 

Ko‘proq yangiliklar: